Internet tarmog`ida bir ayol hovlisiga kirib olgan bo`g`ma ilonni haydayotgani aksa etgan videorolik paydo bo`ldi, deya ma`lum qildi Ren.tv nashri.
Voqea Hindistonda, suv toshqinlari avjiga chiqqan bir damda yuz bergan.
Ayol ilonni haydash uchun qo`lidagi shvabra bilan erga taqillatavergan.
Suv toshqinlari nafaqat odamlarni, balki jonivorlarni ham boshpana izlashga majbur etmoqda. Bunga ilonning hatti-harakatlaridan ham guvoh bo`lish mumkin.






