1

Incheon-2014. O`zbekiston delegasiyasi hisobidagi medallar soni 18 taga etdi

Sport 29.09.2014, 10:29
Incheon-2014. O`zbekiston delegasiyasi hisobidagi medallar soni 18 taga etdi

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o`tkazilayotgan Osiyo o`yinlarida o`zbekistonlik sportchilar yana bir bronza medalga sazovor bo`ldilar. 

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo`yicha to`rt kishilik qayiqda 1000 metr masofaga erkaklar o`rtasida o`tkazilgan final musobaqalarida Sergey Borzov, Vyacheslav Gorn, Aleksey Machalov va Aleksandr Tropindan iborat kvartetimiz, belgilangan masofani 3:01,819 soniyada bosib o`tib, navbatdagi bronza medalini delegasiyamiz hisobga keltirdilar. Ushbu musobaqalarda Qozog`iston sportchilari birinchi (2:57,396), Xitoy jamoasi esa ikkinchi (3:01,374) o`rinni band etdi. Bu haqda  O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Shu tariqa,O`zbekiston delegasiyasi hisobidagi medallar soni 18 taga (3 ta oltin, 4 ta kumush, 11 ta bronza) etdi va umumjamoa hisobida hozircha 14-o`rinda bormoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1