Misrlik ayolga Haj ziyoratini amalga oshirishidan avval buyrak etishmovchiligi bilan bog`liq kasallik aniqlangani sabab yaqin kunlarda vafot etishi aytilgan edi.
Umrining so`nggi daqiqalarini Makkaga borish va Haj ziyoratini amalga oshirish bilan o`tkazish niyatida Saudiya Arabistoni podshohi tomonidan taqdim etilgan kvotaga loyiq topildi.
47 yoshli misrlik ayol og`ir kasal bo`lishiga qaramasdan podshoh mehmonlari sifatida Makkaga tashrif buyurdi va shu erning o`zida zarur tibbiy yordam ko`rsatildi.
O`MI Matbuot xizmati xabariga ko`ra, Sabiha Mahmud Muhammad Misr mudofaa vazirligi ko`magida Haj ibodatlarini to`liq ado etgan holda o`z yurtiga qaytdi.






