AQSh prezidenti Donald Tramp Oq Uyda FIFA prezidenti Jonni Infantino hamda Qo`shma Shtatlarning sokker sporti prezidenti Karlos Karderio bilan uchrashdi.
Shimoliy Amerikaning futbol bo`yicha 2026 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qo`lga kiritishi munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuv ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida bo`lib o`tdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan uchrashuv mahalliy telekanallarda namoyish etildi.
Muhim voqe`lik munosabati bilan Infantino hamda Karderio mamlakat rahbariga esdalik tariqasida o`yin davomida hakam tomonidan ishlatiladigan qizil va sariq kartochkalarni taqdim etgan.
Ma`lumot o`rnida, futbol bo`yicha 2026 yilgi Jahon chempionati bir yo`la uch mamlakatda – AQSh, Kanada hamda Meksikada o`tkazilishi rejalashtirilgan. Bunday qaror Xalqaro Futbol Federasiyasining Moskva shahridagi Kongressi yig`ilishida qabul qilingan. Ushbu yakuniy xulosaga 134 delegatdan 69 nafari ovoz bergan.






