Quvaytda firibgarlik qilgani tufayli baliq do`koni yopildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Ma`lum bo`lishicha, do`kon sotuvchisi baliqlarni yangi tutilgandek ko`rsatish uchun plastik ko`z yopishtirgan.
Baliq sotib olgan ayol yolg`onni fosh etgan. U baliqni yuvganda plastik ko`zlar joyidan ko`chib tushgan. Shundan keyin ayol mazkur voqea haqida ijtimoiy tarmoqlarda surat va izoh qoldirdi.
Bu xabarga mamlakat savdo vazirligi e`tibor qaratgandan so`ng baliq do`koni yopilgan. Sotuvchi xaridorlar baliqning ko`ziga qarab, uning yaqinda tutilganligini aniqlashlarini bilgandan keyin ularning sarg`ayg`an ko`zlari ustidan plastik ko`z yopishtirib chiqqan.






