1

Bosh vazir Shaxrisabzdagi tayyorgarlik ishlarini ko`zdan kechirdi

Madaniyat 04.09.2018, 09:33
Bosh vazir Shaxrisabzdagi tayyorgarlik ishlarini ko`zdan kechirdi

2018 yil 3 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Shahrisabz shahrida 6-10 sentyabr kunlari o`tkaziladigan Xalqaro Maqom san`ati Anjumaniga tayyorgarlik ishlarini ko`zdan kechirdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xalqaro miqyosdagi tadbirga tayyorgarlik ishlari keng ko`lamda olib borilayotganligi bilan birga, mutasaddi rahbarlarga qo`shimcha vazifa va topshiriqlar berildi.

Bosh vazir tomonidan respublikaning har bir hududlaridan tashrif buyurgan tashkilotchilar o`zining tarixi va madaniyatini namoyishida milliylik iforini tarannum etuvchi ekspozisiyalarini ko`paytirish vazifalari topshirildi. Shu bilan birga, hududga mos taomlar turlarini tayyorlash va mehmonlarning tanovvul qilinishi ko`zda tutildi.

Tanishuv davomida anjumanning chet ellik ishtirokchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida to`xtalib o`tildi. Tadbir doirasida ularning Qashqadaryo viloyatining o`ziga xos urf-odatlari, udumlari bilan yaqindan tanishish maqsadida, ushbu viloyatda joylashgan tarixiy obidalar, qadamjolar va ziyoratgohlarga ham tashriflari rejalashtirilgan.

Xususan, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan Yakkabog` tumanidagi Xo`jai Ilg`or qishlog`i, Kitob tumanidagi Hazrati Bashir ziyoratgohi, Chiroqchi tumanining Chiyali qishlog`i va boshqa bir qator madaniy meros ob`ektlari shular jumlasidandir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1