18 yoshli Ayperi Alekseeva oshqozondagi og`riq bilan shifokorlarga murojat qildi. Bir qator tibbiy tahlil natijalaridan so`ng, uning oshqozonida katta o`simtasimon narsa borligini aniqlashdi va zudlik bilan uni jarrohlik stoliga yotqizishdi. Jarrohlik amaliyoti vaqtida uning oshqozonidan og`irligi tahminan 4 kilogrammga teng bo`lgan soch tolalari olib tashlandi. www.glunews.ru nashri bu haqda ma`lumot beradi.
Aniqlanishicha, Ayperi Alekseeva trixofagiya kasalligidan aziyat chekkan. Ushbu kasallik inson ruhiyatidagi o`zgarishlar bilan bog`liq bo`lib u o`zi yoki boshqa insonlarning sochlarini eyishga moyillik sezadi.
Shunday qilib, Ayperi Alekseeva aynan shu kasallikka chalinganligi tufayli yillar davomida o`z sochlarini iste`mol qilgan. Natijada uning oshqozonida 4 kilogrammlik soch tolalari yig`ilgan.
Kasalxonadan sog`lom holatda chiqish vaqtida Ayperi Alekseeva boshqa hech qachon qilgan xatosini qaytarmaslikka shifokorlarga va`da bergan.