“Titanik” yulduzi Leonardo Di Kaprio bo`ydoqlar safidan o`chiriladigan bo`ldi, deb xabar qildi Mir kino nashri.
Hozirda aktyor Bred Pitt bilan6 birgalikda rejissyor Kventin Tarantinoning “Kunlardan bir Gollivudda” nomli kinoloyihasida suratga tushmoqda. Shunday bo`lsa-da, aktyor o`zining sevgilisi Kamila Morrone bilan turmush qurish va farzandlar ko`rish haqidagi orzularga berilishni kanda qilmayapti, deydi insayderlardan biri.
Di Kaprio yaqin orada turmush qurib, ota bo`lish niyatida.
Nima ham derdik, Gollivudda yana bir bo`ydoq kamayar ekan-da.






