AsosiyDunyo

Ekvadorda kuchli zilzila bo`ldi

'Ekvadorda kuchli zilzila bo`ldi'ning rasmi

Ekvadorda 6,3 balli zilzila ro`y berdi, deya xabar bermoqda Vesti nashri.

Er silkinishi Ekvadorning shimoliy qismida kuzatilgan. Uning epimarkazi Abamata shahridan 94 km. uzoqlikda 112 km. chuqurlikda bo`lgani qayd etildi. Ushbu hudud sanoat va port shahar hisoblanadi. Aholi soni kam bo`lgani uchun tabiiy ofat natijasida 1 kishi halok bo`lgan va o`nlab odamlar tan jarohati olishgan.

Zilzila boshlanishi bilan odamlar ko`chalarga chiqib, ochiq maydonlarga turib olishgan. Silkinish oqibatida atrofdagi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi elektr energiyasidan uzilib qolishdi.

    Boshqa yangiliklar