Ispaniyaning Barselona shahrida tinimsiz yog`ingarchilik tufayli suv toshqinlari sodir bo`lmoqda, deb xabar berdi Mixstuff nashri.
Ko`chalarda avtomobillar harakati deyarli to`xtab qolgan. Suv ayrim uylarning erto`lasi va birinchi qavatiga ham kirib bormoqda. Ayrim savo markazlari faoliyati ham to`xtagan. Ispaniya meteorologiya agentligi ushbu hududda xavfning sariq darajasi e`lon qilinishi kerakligini ta`kidlagan.






