Shimoliy Koreya so`nggi “ommaviy o`yinlar” deb nomlangan marosimga tayyorgarlik ko`rmoqda, deya xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.
Ushbu tadbir so`nggi 5 yil ichida ilk bora o`tkazilmoqda. Unda harbiy paradlar bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Bayram Shimoliy Koreyaga asos solinganining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilmoqda. Shu bahona mamlakatga chet ellik sayyohlarni jalb qilish kutilmoqda. Uning ochilish va yopilish jarayoni katta bayram sifatida bo`lib o`tadi. Tadbir 9 sentyabr kuni boshlanadi.






