Iroqning Basra shahrida davom etayotgan namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o`rtasidagi shiddatli to`qnashuvlar oqibatida yana bir kishi halok bo`ldi, deya xabar qildi TASS nashri.
Bundan tashqari, kamida 25 kishining yaralangani xabar qilinmoqda. Shu sababli port-shahar hisoblangan Basraga kirish va chiqish yo`llari yopildi. Eslatib o`tamiz, millionlab odamlar hukumatdan elektr hamda suv ta`minoti va shu kabi infratuzilmalardagi muammolarni hal qilishni talab qilishmoqda.






