Yamaykalik sprinter Useyn Bolt ilk marta professional futbolda debyut matchini o`tkazdi, deb xabar qildi News.day.az nashri.
Bolt “Sentral Kost Mariners” tarkibida maydonga tushib, “Sentral Kost Selekt” jamoasiga qarshi to`p surgan.
Bolt o`yinning 72-daqiqasida yashil maydonga tushirilgan. Garchi yamaykalik futbolchi ko`p uringan bo`lsa-da, bironta ham gol urolmagan. Match esa 6:1 hisobida “Sentral Kost Mariners” foydasiga hal bo`lgan.






