Janubiy Afrika Respublikasida bir kampirsho mashinasini o`g`irlamoqchi bo`lgan bosqinlarga yaxshigina “saboq” berdi, deya ta`kidlamoqda Ren.tv nashri.
Nafaqadagi kampir o`zining Jeep Grand Cherokee mashinasida darvozadan hovlisiga kiradi. Shu dam orqadan bir avtomobilda bosqinchilar paydo bo`lib, kampirga do`q-po`pisa qila boshlashadi. Bundan jahli chiqqan kampirsho esa tranportini shartta orqaga yurgizib, jinoyatchilarlarning mashinasiga borib uradi. Bunday harakatlarni kutmagan bosqinchilar esa “quyonning rasmini chizishadi”.






