Gresiyaning shimoliy qismidagi Egnatiya avtomagistralida katta avtohalokat sodir bo`ldi. Bu haqda Day.Az nashri xabar beradi.
Ma`lumotlarga ko`ra, yuk tashish mashinasi haydovchisi shoshilinchda oldinda turgan mashinalarni ko`rmay, katta tezlikda oldindagi engil avtomobillarga zarb bilan urilgan va bir necha soniya ichida portlab ketgan.
Ushbu portlashdan atrofdagi 35 dan ortiq engil avtomobillar ham zararlangan. Eng yomoni esa 4 kishi voqea joyida halok bo`lgan. 10 dan ortiq kishi esma turli tan jarohatlari bilan yaqin atrofdagi shifoxonalarga etkazilgan.