AsosiyDunyo

Ebola virusi bilan kasallangan birinchi AQShlik bemor Dallasda hayot uchun kurashmoqda

AQShlik Tomas Danken ismli fuqaro ayni damda Dallasdagi kasalxonalarning birida davolanmoqda. Biroq uning ahvoli og`ir, deya xabar beradi RIA Novosti nashri.

“4 oktyabr kuni uning ahvolini qoniqarli, deb baholash mumkin edi, biroq ayni damda uning ahvoli og`ir. U o`z hayoti uchun bor kuchi bilan kurashmoqda” deydi AQSh sog`liqni saqlash vazirligining kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi rahbari Tomas Friden.

Tomas Danken suhbatlashgan va uchrashgan barcha fuqarolar nazorat ostida. Chunki ularga ham Ebola virusi yuqqan bo`lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar