AsosiyDunyo

Braziliya prezidenti Dilma Rusef prezident saylovida peshqadam ammo…

Braziliya aholisi orasida prezident Dilma Rusefni qo`llab-quvvatlovchilar uning ismini takror-takror aytishmoqda. Bu haqda ru.euronews.com nashri xabar bermoqda.

Aytish lozimki, Dilma Rusef saylovning birinchi bosqichida jami ovozlarning 40 foizini to`plagan. Asosiy kurash esa endi boshlanadi.

“Taklifim juda oddiy. Uning oddiyligi shundaki, men Braziliyaning kelajagiga ovoz berganlar uchun kurashishim kerak” deydi prezident Dilma Rusef.

Ayni damda Braziliya prezidentligiga sobiq Ekologiya vaziri Marina Silva ham o`z nomzodini qo`ygan va birinchi turda 20 foizlik ovoz to`plagandi. Ijtimoiy so`rovnomalar esa Aesiu Nevish saylovlarda g`olib chiqishi mumkinligini ko`rsatgan. Chunki saylovchilarning asosiy qismi aynan unga o`z ovozlarini berishlarini bildirishgan.

    Boshqa yangiliklar