AsosiyDunyo

Jirafa uch yoshli bola va uning onasini g`ajib tashladi

'Jirafa uch yoshli bola va uning onasini g`ajib tashladi'ning rasmi

Janubiy Afrikaning Xoedspruit shahridagi Blyde Wildlife Estate yovvoyi hayvonlar qo`riqxonasida jirafa uch yoshli bola va uning onasiga hujum qildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Britaniyalik olimlar Ketti va Sem Uilyamslar uch yoshli farzandlari Finn bilan birgalikda JAR ga xizmat safariga borishgan edi. Uilyamslarning xonadonida oylik bolasi bilan birga sayr qilib yurgan jirafa to`satdan ona va bolaga hujum qilib, ularni tishlagan.

Voqeaga guvoh bo`lgan oila boshlig`i jirafani zo`rg`a to`xtatib qolib, tez tibbiy yordamga qo`ng`iroq qilgan. Ona va bolaning ahvoli o`ta og`ir bo`lgani sababli ular vertolyotda Yoxannesburg shahar kasalxonasiga olib kelingan.

O`tkazilgan operasiyalarga qaramay, ularning ahvoli o`ta og`ir darajada, deb baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar