AsosiyDunyo

Indoneziyadagi oltin konida 18 kishi nobud bo`ldi

Indoneziyanda faoliyat ko`rsatgan noqonuniy oltin konidagi er o`pirilishi natijasida 18 kishi vafot etdi. Bu haqda news.tut.by nashri xabar beradi.

Hodisa chog`ida ular er ostida, kon ichida bo`lishgan. Aniqlanishicha, vafot etganlarning 16 nafari erkak kishi, 2 nafari esa ayollardir.

Ayni damda kon ichida qidiruv ishlari  olib borilmoqda. Tahminlarga ko`ra, er ostida yana bir necha kishi bo`lishi mumkin. 

    Boshqa yangiliklar