1

"Sabot" badiiy filmi bosh sovringga ega bo`ldi

Madaniyat 10.09.2018, 10:10
"Sabot" badiiy filmi bosh sovringga ega bo`ldi

“O`zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan rejissyor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan “Sabot” badiiy filmi Rossiyada o`tgan “Volokolamsk chegarasi” (“Volokolamskiy rubej”) XV xalqaro harbiy-vatanparvarlik filmlari kinofestivalida bosh sovringa munosib topildi, deb xabar bermoqda O`zA.

Mazkur kartina bir qator xorijiy festivallarga taqdim etilgan bo`lib, shu yilning aprel oyida 40-Moskva xalqaro kinofestivalida ham muvaffaqiyat qozongan edi.

2017 yilning dekabr oyida Toshkentda ushbu filmning premerasi bo`lib o`tganidan kino muxlislari yaxshi xabardor. Filmda qoraqalpog`istonlik sobiq baynalmilal jangchining xotiralari, o`y-xayollari, kechinmalari haqida hikoya qilinadi. Insonning qat`iyati, metin irodasi haqida hikoya qiluvchi ushbu kartina xalqaro kinofestival hakamlari hay`ati, tomoshabinlarni befarq qoldirmadi.

Kartinaning ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyori Rashid Malikov. Sahnalashtiruvchi operator Bahodir Yo`ldoshev. sahnalashtiruvchi rassom Doniyor Abdurahmonov. Filmda bosh rollarni Karim Mirhodiev, Nigora Karimboeva, Saydulla Mo`ldaxonov, Bekzod Hamroev, Zulxumor Mo`minova kabi aktyorlar ijro etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1