Internet tarmog`ida g`am chekayotgan mushukning harakatlari muhokama qilinmoqda, deya xabar qilmoqda Ren.tv nashri.
Mushukning egasi bundan birmuncha vaqt oldin vafot etgan edi. Bir kuni mushukvoy mobil telefonda marhum egasining suratini ko`rib qoladi. Shunda u ekranni panjasi bilan silaydi, keyin esa telefonni quchoqlab oladi.
Bu videorolik ko`pchilikning qalbini larzaga keltirmoqda.






