AsosiySport

Hamyurtimiz Rustam Qosimjonov Gran-Prining 5-turida o`ynadi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo`yicha nufuzli FIDE Gran-Prisi davom etmoqda. Bugun, 7 oktyabr kuni grossmeysterlar 5-tur partiyalarida o`zaro munosabatlariga oydinlik kiritiladi, deya xabar beradi olamsport.com nashri.

Turnirda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Rustam Qosimjonov bugun rossiyalik Sergey Karyakin bilan xisob-kitob qiladi. Har ikki grossmeyster bugungi o`yin oldidan 2 ochkoga ega bo`lib turibdi.

Bugun o`tkaziladigan 5-tur juftliklari

Rajabov – Karuana, Gelfand – Tomashevskiy, Nakamura – Dominges, Svidler – Andreykin, Karyakin – QOSIMJONOV, Mamadiyarov – Grishuk.

5-tur oldidan turnir jadvalidagi holat: 1-2. Karuana, Gelfand - 3; 3-4. Nakamura, Svidler – 2,5; 5-8. Karyakin, QOSIMJONOV, Rajabov, Tomashevskiy – 2; 9-10. Grishuk, Dominges – 1,5; 11-12. Mamadiyarov, Andreykin – 1.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar