1

ParaOsiyo o`yinlarida 27 sportchimiz ishtirok etadi

Sport 09.10.2014, 13:40
ParaOsiyo o`yinlarida 27 sportchimiz ishtirok etadi

2014 yilning 18-24 oktyabr kunlari Janubiy Koreyaning Incheon shahrida jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar o`rtasida ParaOsiyo o`yinlari o`tkaziladi. Ushbu musobaqalarda sportning dzyudo, engil atletika, suzish va o`q otish bo`yicha Vatanimiz sharafini 27 nafar sportchimiz himoya qiladilar. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

8 oktyabr kuni O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasida Incheon shahriga yo`l oladigan delegasiya a`zolarini kuzatish marosimi bo`lib o`tdi. 

O`zbekiston delegasiyasi a`zolari 12-oktyabr kuni Incheon shahriga yo`l oladilar. 14-oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00da (Toshkent vaqti bilan soat 12:00da) atletlar shaharchasida Davlatimiz bayrog`ini ko`tarilishga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tadi. 

ParaOsiyo o`yinlarining tantanali ochilish marosimi esa 18-oktyabr kuni o`tkaziladi. Mazkur ParaOsiyo o`yinlarida 2016 yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o`tkaziladigan Paralimpiya o`yinlarining lisenziyalari o`ynaladi. 

Eslatib o`tamiz,  2010 yili Guanchjou (Xitoy)da bo`lib o`tgan ParaOsiyo o`yinlarida 21 nafar sportchimiz ishtirok etib, 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo`lishgandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1