AQShning Kaliforniya shtatida yana bir qurolli hujum sodir bo`ldi, deya xabar berdi “Imedi” nashri.
Kaliforniya janubidagi Bakersfild shirkati oldida qurollangan erkak avval o`z xotiniga o`q uzgan. Shundan keyin u atrofdagilarni ham o`qqa tutishni boshladi. O`q avtomobil boshqarib ketayotgan ayol va uning bolasiga tegdi. Voqea oqibatida ayol halok bo`lgan, go`dakning hayoti esa saqlab qolindi. Umumiy hisobda 5 kishi mazkur hodisa qurboniga aylandi.






