AsosiyDunyo

Filippinga superto`fon hujum qildi

'Filippinga superto`fon  hujum qildi'ning rasmi

Filippinning bir nechta viloyatida “Mangxut” to`foni borgan sari kuchayib bormoqda, deb xabar qildi Vesti nashri.

Shu sababli 800 mingdan ko`proq kishi shoshilinch evakuasiya qilinadi. Ma`lum qilinishicha, ayniqsa, Kagayan, Isabela, Apayao, Abra, Ifugao va tog`li hududlar katta xavf ostida. Hukumat to`fon jiddiy vayrongarchiliklarga sabab bo`lishi va toshqin hamda ko`chkilar keltirib chiqarishi mumkinligidan havotirda. Shu tufayli odamlarni tog`li hududlardan uzoqroq ketishga chaqirmoqda. “Mangxut” Filippinga 12 sentyabrda yaqinlashgan. U 15 sentyabrda maksimal kuchayishi kutilmoqda. “Mangxut” shamolining maksimal tezligi soatiga 270 km.ni tashkil qilib, superto`fon sifatida baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar