Fransiyaning Parij shahrida Yaponiya madaniyat mavsumi hamda Fransiya va Yaponiya o`rtasidagi diplomatik aloqalar o`rnatilganining 160 yilligi munosabati bilan layt-shou tashkil etildi, deb ma`lum qildi Gazeta.ru nashri.
Yorug`lik tomoshasining markazi esa dunyoga mashhur Eyfel minorasi bo`ldi. Minorada Yaponiya ramzlari tasviri rangli chiroqlar yordamida aks etirilmoqda. Mazkur layt-shou bir hafta davomida har oqshom davom etadi.






