AsosiyDunyo

Chimkentda yirik yong`in chiqdi

'Chimkentda yirik yong`in chiqdi'ning rasmi

Bugun tongda Qozog`istonning Chimkent shahridagi plastik oyna ishlab chiqaruvchi korxonalardan birida yirik yong`in yuz berdi.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligining Favqulodda qo`mitasi vakili Ruslan Imonqulov ma`lumotiga ko`ra, mahalliy vaqt bilan 04.20 da shaharning sanoat hududida joylashgan binoning tom qismi yonayotgani haqida chaqiruv kelib tushgan. Yong`in 5 ming kvadrat metr maydonni qamrab olgan.

Yong`inni bartaraf etishga 20 texnika, 80 dan ortiq o`t o`chiruvchi jalb qilingan. Yong`inni bostirishga erishilgan.

    Boshqa yangiliklar