Moskvaning “Kuzneskiy Most” metro stansiyasida 35 yoshli erkak eskalatordan yiqildi, deya xabar qildi Ren.tv nashri.
Kadrlardan ko`rish mumkinki, erkak muvozanatini yo`qotib, pastga dumalab ketadi. Yo`l-yo`lakay esa plafonni ham sindirib tushadi. Natijada esa bo`ynidan qattiq shikast oladi.
Ma`lum bo`lishicha, ushbu yo`lovchi mast holatda bo`lgan ekan.






