1

Maksim Shaskix: Qachon rekord golni kiritishimni, hatto, hakamlar ham so`rashayotgandi

Sport 10.10.2014, 14:16
Maksim Shaskix: Qachon rekord golni kiritishimni, hatto, hakamlar ham so`rashayotgandi

“Goverla” klubi hujumchisi Maksim Shaskix “Zarya” jamoasiga qarshi o`yinda o`rnatgan rekordi borasida o`z fikrlarini bildirib o`tdi. Xabaringiz bor, Shaskix 124ta gol bilan Ukraina chempionati tarixidagi eng yaxshi to`purarga aylandi.

“Kiritgan golim jamoaga g`alaba taqdim etmaganidan afsusdaman. Ochig`ini aytsam, turli rekordlar haqida ko`p ham o`ylab, boshimni qotirmayman. So`nggi paytlarda bu haqida jurnalistlar ko`p savol berishayotgandi.

Hattoki, hakmlar ham rekord golni qachon kiritishimni so`rashga tushishgandi. Men esa ularga: “Xotirjam bo`linglar, vaqti kelib o`sha golni kiritaman”, - deb javob berib kelayotgandim. Endilikda yanada oldinga qarab intilaman”, - deydi Shaskix.

Manba: www.sport-express.ru   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1