Xitoy va Filippinda ko`plab insonlar hayotiga zomin bo`lishga ulgurgan «Mangxut» tayfuni Honkongga ham etib keldi, deya xabar bermoqda Vesti nashri.
Mahalliy meteorologiya stansiyasi ogohlik signalini maksimal darajaga e`lon qilgach, o`quv muassasalari, idoralar va do`konlar yopilgan. Deyarli barcha korxona tashkilotlarda ish faoliyati vaqtincha to`xtatilgan. Parom va avtobus qatnovlari va halqaro Honkong aeroportida yuzlab reyslar bekor qilindi. Reuters axborot agentligi tomonidan olingan tasvirlarda daraxtlarning ildizi bilan qulaganini, ko`chalardagi vayronagarchiliklarni ko`rish mumkin.






