Osiyoning ko`plab mamlakatlari ayni kunlarda kuchli tabiiy ofat ta`siriga tushib qolgan, deya ma`lum qilmoqda Ren.tv nashri.
Shiddatli bo`ron Filippinni ham chetlab o`tmadi. Hozirda to`fon tufayli halok bo`lganlar soni 26 kishiga etgan. Ularning ko`pchiligi mamlakat shimolidagi tog`li hududlarda ro`y bergan ko`chkilar oqibatida qurbon bo`lgani xabar qilinmoqda. Reuters axborot agentligining xabar berishicha, shamol tezligi soatiga 200 km.gacha etgan. Tabiiy ofat sabab barcha rasmiy davlat tashriflari qoldirilgan.






