1

Xokkeychi Valeriy Karpov olamdan o`tdi

Sport 10.10.2014, 14:38
Xokkeychi Valeriy Karpov olamdan o`tdi

1993 yili Jahon chempioni unvonini qo`lga kiritgan rossiyalik xokkeychi Valeriy Karpov 10 oktyabr kuni 43 yoshida vafot etdi.Bu haqda www.dni.ru nashri xabar bermoqda.

2014 yilning iyul oyida u shaxsiy hayotidagi ba`zi kelishmovchiliklar tufayli bosh qismidan jarohat olgandi. Uning boshiga shisha idish bilan berilgan zarbdan so`ng, u zinadan yiqilgan. Ushbu hodisadan keyin xokkeychi Chelyabinskadagi kasalxonalarning biriga, neyrojarrohlik bo`limiga etkazilgan. Olingan jarohat yuzasidan shifokorlar Karpovning bosh qismida ikki marta jarrohlik amaliyotini o`tkazishdi, biroq u o`ziga kelmay koma holatida bir necha oy to`shakka mixlanib qoldi.

Bugun, 10 oktyabr kunixokkeychi Valeriy Karpov xushiga kelmagan holatda vafot etdi. Eslatib o`tamiz, 1994 yili u milliy terma jamoa bilan u Lillexammerdagi Olimpiadada 4 o`ringa sazovor bo`lgan. 2002 yili esa yana bir jahon chempionatida kumush medalni qo`lga kiritgan. Xokkeychi hayotining so`nggi yillarida “Avtomobilist” klubi menejeri vazifasida ishlagan. Yangi mavsumda u “Chelmeta” murabbiylar shtabiga kirib, xujumchilar bilan ishlashi kerak edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1