AsosiyShou-biznes

Homilador Keyt Middlton Kensington qasridan ota-onasining uyiga ko`chib o`tdi

Egizak farzandlar kutayotgan gersoginya Keyt Middlton sog`lig`i yomonlashgani tufayli ba`zi rasmiy tashriflarini bekor qilishga majbur bo`ldi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua.

Masalan, yaqinda Keytga shifokorlar Maltaga safar qilishni taqiqladi. Uning yaqin do`stlari xabar berishicha, gersoginya noma`lum muddatga ota-onasining qishloqdagi uyiga ko`chib o`tgan. «U erda Keyt shahar shovqini va saroy hashamatidan uzoqroq bo`lib, bemalol dam olishi mumkin», — dedi uning do`stlaridan biri.

Homiladorlik toksikozi o`tib ketgach, Keyt yana o`z majburiyatlari va hashamdor hayotiga qaytishi kutilmoqda.

Chet el jurnalistlari hisob-kitoblariga ko`ra, birinchi homilasi davrida ham gersoginya toksikozdan azob chekkan, bu taxminan 13-haftagacha davom etgan edi. Hozir Keytda homiladorlikning o`ninchi haftasi ketmoqda, demak qiyinchiliklar tugashiga ko`p vaqt qolmadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar