GM Uzbekistan 15-16 sentyabr kunlari bo`lib o`tgan “Ochiq osmon ostidagi savdolar”da respublika bo`ylab 100 dona avtomobil sotdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd qilinishicha, shulardan 38 dona “Cobalt“, 30 dona “Lacetti“, 28 dona “Spark“ va 3 dona “Nexia“ avtomobillari sotilgan.
Savdo bo`yicha faollik Toshkent, Buxoro, Namangan, Qo`qon hamda Farg`ona shaharlarida qayd etildi.
Bundan tashqari, Toshkentdagi avtosalonlardan birida bir dona “Malibu“ avtomobili ham sotildi. Eslatib o`tamiz, “Ochiq osmon ostidagi savdolar”iga qo`yilgan barcha avtomobillar “45 daqiqada avtomobil!” aksiyasi bo`yicha sotuvga qo`yildi.






