Ispaniyaning Madrid shahridagi metro bekatida portfelning batareyasi portlab ketishi natijasida metro vagonlari tutunga to`ldi, deb xabar bermoqda RT.com nashri.
Portlash ovozi eshitilgach, yo`lovchilardan biri yong`in o`chiruvchi qurilmani ishga tushirgan. Shundan so`ng odamlar tutundan bo`g`ilishni boshlashgan. Bu vaqtda mashinist harakatni to`xtatib eshiklarni ochib yubordi. Voqea joyiga 10 nafar polisiyachi etib kelib vaziyatni o`rgandi. Ushbu holat tasodifiy voqea sifatida qayd etildi. Reuters axborot agentligining xabar qilishicha,12 kishi nafas yo`llaridagi muammo bilan shifokorga murojaat qilgan.






