AsosiyJamiyat

Jizzaxda prokuror o`rinbosari mashinada urib yuborgan piyoda vafot etdi

'Jizzaxda prokuror o`rinbosari mashinada urib yuborgan piyoda vafot etdi'ning rasmi

2018 yil 16 sentyabr kuni soat 17:30larda Jizzax viloyati Arnasoy tuman prokurorining o`rinbosari Dilshod Karimov otasi Badriddin Karimovga tegishli “Neksiya-1” avtomashinasini ishonchnoma orqali 4R38 “Jizzax-Uchtepa-Navbahor” avtomobil yo`lining Paxtakor-Jizzax yo`nalishining 16-km.da boshqarib borgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, u yo`nalishi bo`ylab o`zining ortidan harakatlanib kelgan “Daimler Benz 210 SPG” rusumli avtomashina haydovchisi J. yo`lning qarama-qarshi tomoniga chiqib, uni quvib o`tib, keskin tormoz bergan holatda, uni to`xtatishga harakat qilib, D. Karimovni yo`lda harakatlanishiga to`sqinlik qilganligi sababli, D. Karimov boshqaruvini yo`qotishi natijasida yo`lning chap tomonida joylashgan uylarning yo`lagiga chiqib ketgan va yo`lakda harakatlanib kelayotgan piyoda G. Egamberdievani urib yuborgan.

Fuqaro G. Egamberdieva olgan tan jarohatlari natijasida RShTYoIMning Jizzax filialida vafot etgan.
Sudga oid tibbiy ekspertizasining birlamchi xulosasiga ko`ra, marhuma G.Egamberdievaga etkazilgan jarohat og`irlik darajasi bo`yicha “hayot uchun xavfli bo`lgan” tan jarohati, deb baholangan.

D. Karimov “bosh miya chayqalishi, peshona sohasi tirnalgan tan jarohati va o`ng elka chiqishi” tan jarohatlari bilan RShTYoIMning Jizzax filiali neyroxirurgiya bo`limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan 16.09.2018 yilda JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining 18-bo`limi tomonidan olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar