1

AFC U-19. O`zbekiston musobaqani g`alaba bilan boshladi

Sport 10.10.2014, 16:41
AFC U-19. O`zbekiston musobaqani g`alaba bilan boshladi

Myanma davlatining Yangon shahrida 19 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugunga belgilangan o`yinlarning ikkitasi o`z nihoyasiga etdi.

Ularning birida O`zbekiston terma jamoasi Indoneziya termasiga qarshi maydonga chiqdi va 3:1 hisobida g`alaba qozondi.

O`zbekiston futbolchilari o`yinni kutilganidek, hujumlar bilan boshlashadi. Avvaliga Dostonbek Hamdamov 20-daqiqada hisobni ochdi. Keyin esa, ordan ikki daqiqa o`tib, Zabixullo O`rinboev penaltidan ikkinchi golni kiritdi.

Ikkinchi bo`limda raqib futbolchilari o`yin shiddatini birmuncha ko`tarishga harakat qilishdi va bunga erishishdi ham. 55-daiqqa Paulo Oktavianus uzoq masofadan darvozamizni ishg`ol qildi va hisobdagi farqni qisqartirdi.

O`zbekiston termasi gol urish uchun oldinga o`tib turdi, ammo Indoneziya himoyachilari hujumlarni qaytarishga muvaffaq bo`lishdi. Ammo, 87-daqiqada Otabek Shukurov chamasi 22 metrlardan zarba yo`llab, O`zbekistonning juda chiroyli goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa Ravshan Haydorov shogirdlari dastlabki turda muhim g`alabani qo`lga kiritishdi.

AFC U-19, 1-tur
O`zbekiston - Indoneziya — 3:1
Gollar: D.Hamdamov (20), Z.O`rinboev (22 pen), O.Shukurov (87) - Paulo Oktavianus (55).
O`zbekiston: Dilshod Hamroev - Dostonbek Tursunov, Firdavs Abdusalomov, Xurshid G`iyosov, Odiljon Hamrobekov - Javohir Sohibov, Bobur Davlatov, Otabek Shukurov - Dostonbek Hamdamov,  Eldor Shomurodov, Zabixulla O`rinboev.
Indoneziya: Putu Antara, Muhammad Rochman, Evan Darmono, Muhammad Hargianto, Dinan Xaver, Muhammad Sahrul, Maldini, Hansami Yama, Zulfiandi, Ilxom, Udin, Ralli Desrian.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1