AsosiySport

Albina Xabibulina xalqaro turnir bosh sovrini sohibasi

Qozog`istonda o`tgan ITF tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirning juftlik bahslari o`zbekistonlik Albina Xabibulina va qozog`istonlik Ekaterina Klyueva g`alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

Turnirning final uchrashuvida rossiyalik Darya Lodikova hamda belaruslik Polina Pexova juftligiga qarshi kortga chiqqan Albina Xabibulina va Ekaterina Klyueva raqiblarini har ikkala setda 6:4 hisobida mag`lubiyatga uchratdi va bosh sovrinni qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar