AsosiyJamiyat

Ostonadagi "Shanxay" bozorida 26 yoshli o`zbekistonlik ayolning jasadi topildi

' Ostonadagi "Shanxay" bozorida 26 yoshli o`zbekistonlik ayolning jasadi topildi'ning rasmi

Joriy yilning 13 sentyabr kuni Ostona shahrining "Shanxay" bozori hududida ichida ayol kishining jasadi bo`lgan sumka topildi. Bu haqda newtimes.kz nashri xabar berdi.

O`sha kuniyoq polisiya tomonidan ayolning shaxsi aniqlandi. U 26 yoshli O`zbekiston fuqarosi bo`lib chiqdi.

Belgilangan sud-tibbiy ekspertiza xulosalariga ko`ra, ayol sil kasalligiga chalingan bo`lgan, organizmda ichki organlarning intoksikasiyasi ro`y bergan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlar davomida polisiya tomonidan 30 yoshli erkak ayolning o`limida go`monlanib, qo`lga olindi.

Ma`lum bo`lishicha, u so`nggi uch yil davomida vafot etgan ayol bilan birga yashagan va ularning 2 yoshli o`g`li bo`lgan. Ayol yotoqxonadagi ijara xonada kasallikdan vafot etgan. Erkakni ayolni dafn etishga imkoni bo`lmagan, shunda u jasadni xo`jalik sumkasiga joylab, "Shanxay" bozori hududida qoldirib ketgan. Va o`sha kuniyoq shahardan chiqib ketgan.

Ostona polisiyachilari tomonidan erkak Turkiston viloyati hududida ushlangan.

    Boshqa yangiliklar