Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo`yicha erkaklar o`rtasida o`tkazilayotgan FIDE Gran-Prisida bugun sakkizinchi tur o`yinlari bo`lib o`tadi. Ushbu turda hamyurtimiz Rustam Qosimjonov (2706) musobaqa peshqadami italiyalik Fabiano Karuanaga (2844) qarshi dona suradi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpia qo`mitasi matbuot xizmati xabar beradi.
9 oktyabr kuni bo`lib o`tgan 7-turda Rustam Qosimjonov isroillik Boris Gelfand (2748) bilan bahs yuritdi va tomonlar durangga imzo chekdilar. Shu tariqa, Rustam Qosimjonov hisobidagi ochkolar soni 4 taga etdi va hamyurtimiz turnir jadvalida 4-o`rinda bormoqda.
Shu o`rinda ta`kidlash joizki, Rustam Qosimjonov Boku shahri mezbonlik qilayotgan Gran-Pri turnirida o`tkazilgan 7 uchrashuvning oltitasida durang o`ynab, rossiyalik Dmitriy Andreykin bilan kechgan bahsda g`alaba qozondi.





