1

AFC U-19. O`zbekiston-BAA 2:2

Sport 13.10.2014, 09:52
AFC U-19. O`zbekiston-BAA 2:2

Myanma davlatining Yangon shahrida 19 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatining o`yinlari davom etmoqda.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O`zbekiston terma jamoasi bugun BAA futbolchilariga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan o`yinda 2:2 hisobi qayd etildi.

Avvaliga raqib futbolchilari 24-daqiqada standart vaziyatda hisobni ochishdi. Gol muallifi Abdulla G`anim. Kiritilgan goldan so`ng o`zbekistonlik futbolchilar ham oldinga tashlanishdi va tinimsiz hujumlarni uyushtirib turishdi. Mana shunday xatti-harakatlarning biri gol bilan yakunlandi. 43-daqiqada Shomurodov chiroyli tarzda javob golini BAA davrvozasiga yo`lladi.

Ikkinchi bo`limda ham O`zbekiston kichik ustunlik bilan o`yinni boshladi. Tinib-tinchimas Zabihullo O`rinboev 55-daqiqada boshi bilan Muhammad Alfalah darvozasini ishg`ol qildi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

BAA termasi harchand hisobni tenglashtirish uchun urinishmasin, Dilshod Hamroev darvoza xavfsizligini saqlab qola oldi. Aslida, o`yin taqdiri O`rinboevning yana bir aniq zarbasi bilan hal bo`lishi mumkin edi, ammo hujumchimizning so`nggi zarbasi biroz noaniq ketdi.

Qo`shib berilgan daqiqalarda BAA futbolchilari hisobni tenglashtira olishdi. Ahmad Al Hashmi yana bir vaziyatni gol bilan yakunladi.

Shu tariqa O`zbekiston muhim g`alabani qo`ldan chiqardi va pley-off masalasini keyingi turga qoldirdi.

Yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati
BAA - O`zbekiston 2:2
Gol: Abdulla G`anim (24), Ahmad Al Hashmi (90+3) - E.Shomurodov (43), Z.O`rinboev (55)
O`zbekiston: Dilshod Hamroev, Ibrohim Abdullaev, Akramjon Komilov, Javohir Sohibov, Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov, Firdavs Abdusalimov, Doston Hamdamov, Zabihillo O`rinboev, Doston Tursunov, Xurshid G`iyosov.
BAA: Muhammad Alfalah, Ahmad Rashid, Abdulla G`anim, Ali Salmin, Muhammad Abdulbosit, Xolid Abdulrahim, Xalfan Muborak, Ahmad Rabia, Abdulla Hassan, Sayyid Jassim, Marvan Ali.

Manba: www.uff.uz  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1