AsosiyJamiyat

​Abdusalom Azizov: Tojikistonda o`tkazilgan o`quv mashg`ulotlari tarixiy ahamityaga ega

'​Abdusalom Azizov: Tojikistonda o`tkazilgan o`quv mashg`ulotlari tarixiy ahamityaga ega'ning rasmi

18—22 sentyabr kunlari Tojikistonning So`g`d viloyatidagi “Choruxdayron” poligonida O`zbekiston va Tojikiston respublikalari qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari o`rtasida hamkorlikda “Jangovar hamdo`stlik—2018” o`quv mashg`ulotlari bo`lib o`tdi. Mashg`ulotlarning asosiy qismini bevosita ikki mamlakat mudofaa vazirlari kuzatib bordi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hamkorlikdagi o`quv mashg`ulotlarida jami 600 dan ortiq harbiy xizmatchilar, 100 dan ziyod turli tipdagi texnikalar ishtirok etdi.

O`zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizovning ta`kidlashicha, 5 kun davom etgan o`quv-mashg`ulotlari ikki do`stona armiya tarixida ilk bor o`tkazilgan manyovrlar bo`lib, ular tarixiy ahamiyatga ega.

“Bugungi kunda dunyo va Markaziy Osiyo hududidagi vaziyat, xalqaro terrorchi guruhlar faolligining ortishi — bizni hushyor bo`lishga, qurolli kuchlarimizni doimo jangovar shay holatda turishga majbur qiladi. Biz yagona hududda yashaymiz, shuning uchun faqatgina birgalikda qilingan do`stona harakatlar va harbiy qismlarning o`zaro hamkorligi natijasida, terrorizmga qarshi chiqishimiz va uni engishimiz mumkin”, — dedi Abdusalom Azizov.

O`z navbatida Tojikiston mudofaa vaziri bugungi kunda Afg`oniston shimolidagi vaziyat xavotir uyg`otayotganligini va ehtimoliy tahdidga qarshi birgalikda kurashishimiz lozimligini ma`lum qildi.


    Boshqa yangiliklar