London ko`prigi pastga qulayotgani yo`q. U shunchaki yig`iladi, xolos. Ko`prik asosida sifatida yapon elpig`ichi olgan, uning dizayni “Knight Architects” tomomonidan ishlab chiqilgan va qurilgan.
Ko`prik haqiqatdan ham oddiy va hayratlanarli. Quruvchilar AKT II muhandislari bilan hamkorlikda 5 ta metal bloklarni o`rnatishdi. Ular ma`lum vaqtda maxsus ko`targichlar va moslamalar yordamida ochiladi va yopiladi.
“Ko`prikning chiroyli, samarali konstruksiyasi xuddi san`at asari kabi odamlarni hayron qoldirishi kerak”, - deydi quruvchilar.
Harakatlanuvchi piyodalar ko`prigi Paddingtongda joylashgan bo`lib, Grand-Yunion kanaliga o`rnatilgan.








