AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Green Card uchun qachondan ariza topshirish mumkin?​

'O`zbekistonda Green Card uchun qachondan ariza topshirish mumkin?​'ning rasmi

2020 yil “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Green Card lotereyasi” dasturiga (DV-2020) 2018 yil 3 oktyabrdan 6 noyabrgacha ariza topshirish mumkin. Bu haqda AQShning O`zbekistondagi elchixonasi Facebookdagi rasmiy sahifasida xabar qo`yilgan.

2020 yil dasturida mamlakatlar ro`yxatida o`zgarish yo`q, ya`ni O`zbekistonda tug`ilgan barcha shaxslar bir marta, FIOsi pasportida yozilganiga aniq muvofiq holda, olinganiga 6 oydan oshmagan fotosurat bilan, hamda barcha oila a`zolarini qo`shib ariza topshirish huquqiga egalar.

“Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Grin Kard lotereyasi” dasturiga (DV-2020) ariza topshirish tekin.

Arizalarni faqatgina Internet orqali dvlottery.state.gov manzilida 3 oktyabrdan boshlab topshirish mumkin.

    Boshqa yangiliklar