Joriy yilning 26 sentyabr kuni O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi hamda O`zbekiston XDP hamkorligida Zangota tumani “Mevazor” MFYda “Ayollar ijtimoiy himoyasi-ijtimoiy faollik poydevori” mavzusidagi aksiya o`tkazildi.
Tadbirda deputat ayollar, bank xodimlari, Bandlikka ko`maklashish markazi, nogironlar jamiyati, Ergeodezkadastr tuman bo`limi vakillari, og`ir ijtimoiy faziyatga tushib qolgan, nogironligi bo`lgan, kam ta`minlangan oilalardagi xotin-qizlar, pensionerlar ishtirok etdilar.
Mazkur aksiya davomida nogironligi bo`lgan, yashash sharoiti og`ir, uy-joyga ehtiyoji bor, kam ta`minlangan, ish bilan ta`minlanmagan ayollar xonadoniga tashrif buyurildi, muammolari o`rganildi va ularni echimi yuzasidan ko`mak berildi.
Ish bilan ta`minlanmagan xotin-qizlarni ishga joylashtirishga, o`z biznesini boshlashi uchun kredit olib berishga ko`mak berildi.
Kam ta`minlangan, ehtiyojmand oilalardagi ayollar, onalar va bolalar, pensionerlar uchun kun davomida bepul tibbiy ko`riklar tashkil etildi, tibbiy ko`rik davomida malakali tibbiy muolajaga muhtoj, moddiy imkoniyati cheklangan xotin-qizlar bepul davolanish uchun yo`llanmalar bilan ta`minlandi.
Tadbir davomida yashash sharoiti qiyin, ish bilan ta`minlanmagan hamda nogiron ayollar istiqomat qiladigan xonadondan bir nechtasiga homiylarni jalb qilgan holda, oziq-ovqat mahsulotlari yoki kiyim-kechaklar ajratildi, nogironligi bo`lgan ayollarga o`z ishini boshlash uchun dastlabki yordam berildi, nogironligi bor ayollarga nogironlik aravachalari va qultiqtayoqlar taqdim etildi.






