AsosiyDunyo

Vetnam prezidentining dafn marosimi bo`lib o`tdi

'Vetnam prezidentining dafn marosimi  bo`lib o`tdi'ning rasmi

Vetnam prezidenti Chan Day Kuang 21 sentyabr kuni vafot etgan edi, deya xabar berdi Ridus nashri.

U uzoq davom etgan og`ir kasallikdan so`ng hayotdan ko`z yumgan. 26 sentyabr kuni mamlakatning Xanoy shahrida uni so`nggi yo`lga kuzatish marosimi bo`lib o`tdi. Dafn marosimi 2 kun davom etdi. Unda diplomatik korpus vakillari, keng jamoatchilik ishtirok etdi. Minglab odamlar o`z prezidentlari bilan xayrlashish uchun kelishdi. Motam tufayli barcha davlat bayroqlari tushirildi. Shuningdek, barcha rasmiy va norasmiy tadbirlar bekor qilingan. Chan Day Kuangning jasadi Xanoydan 100 km. uzoqlikdagi Ninx Binx provinsiyasiga dafn etildi.

    Boshqa yangiliklar