AsosiyDunyo

Taylandda yovvoyi kabutarlar yo`q qilinmoqda

'Taylandda yovvoyi kabutarlar yo`q qilinmoqda 'ning rasmi

Taylandning Bangkok shahrida yovvoyi kabutarlarga qarshi kurash olib borilmoqda, deb xabar qildi 120.su nashri.

Shahar ma`muriyati ko`chalarga qushlarni tutish uchun mo`ljallangan maxsus to`rlarni o`rnatib chiqmoqda. Bunga sabab esa yovvoyi kabutarlar shifokorlar tomonidan kasallik tarqatuvchi vosita sifatida qayd etilganidir.

Ma`lumotlarga ko`ra, ular meningit, qush grippi kabi respirator kasalliklarni tarqatishmoqda. Hozirda ko`chalarda ularga egulik berish va boqish taqiqlangan. Qoidani buzganlarga esa 3 oyliq qamoq jazosi beriladi yoki 770,42 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortiladi.

    Boshqa yangiliklar