Hindistoning Dehli shahrida bino qulab tushdi, deb xabar qildi “Imedi” nashri.
Hodisa oqibatida 12 kishi bino vayronalari ostida qolib ketgan. Qutqaruvchilar temir va beton uyumlar orasidan 5 kishining jasadini hamda jarohat olgan 7 nafar yaradorlarni olib chiqishdi. Voqeaning ro`y berishiga mazkur turar joy binosining avariya holatiga kelib qolgani sabab bo`lgan, degan taxminlar bor.






