AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Dushanbega jo`nab ketdi

'Shavkat Mirziyoev Dushanbega jo`nab ketdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 27 sentyabr kuni Tojikistonga jo`nab ketdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Avval xabar qilinganidek, sammit kun tartibidan turli sohalardagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning joriy holati va istiqbollariga doir keng ko`lamli masalalar o`rin olgan.

Shuningdek, davlat rahbarlari 2019 yilda Hamdo`stlikka raislik qiladigan mamlakat, Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini o`tkazish joyi va muddatini belgilash masalalarini ko`rib chiqadi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashadi.

O`zbekiston Prezidentining tashrifi doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazish ham ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar