Ebola virusi haqida har kim bilishi lozim bo`lgan ma`lumotlar

Salomatlik 13.10.2014, 14:55
Ebola virusi haqida har kim bilishi lozim bo`lgan ma`lumotlar

Kelib chiqishi

Ebola virusi havfli yuqumli kasallikdir. 25 dan 90 foizgacha o`lim bilan yakunlanadi. 2014 yilning mart oyida tarqalgan kasallik tufayli ayni damgacha 4000 dan oshiq kishi vafot etgan. Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti ushbu ebola virusini jahon ahamiyatiga molik havfli kasallik sifatida tan olgan. Ebola virusi bavosil virusini keltirib chiqaradi. Dastlab u 1975 yili Afrikada paydo bo`lgan. Virus Ebola daryosi yonida topilganligi sababli ham unga Ebola nomi berilgan.

Kasallikning yuqishi

Tabiatda Ebola virusining tashuvchilari Pteropodidae oilasiga mansub o`txo`r ko`rshapalaklar sanaladi.

Shuningdek, Ebola virusi bilan kasallangan bemorlar bilan doimiy aloqada bo`lish, terining shilliq qavati, teri qismining zararlanishi va ularga kasallangan inson organizmidagi qon yoki biror suyuqlikning tushishi kabilar ham Ebola virusini yuqishiga sabab bo`lishi mumkin.

Yashirin davri

Kasallikning inkubasion davri 2 kundan 21 kungacha davom etadi. U kuchli bosh og`rig`i, tomoq og`rig`i, suyak va mushaklardagi og`riq va holsizlanish bilan boshlanadi.

Belgilari va rivojlanishi

Ushbu og`riqlardan so`ng qayt qilish, ich ketishi, toshma toshishi, buyrak va jigar ishining buzilishi, tashqi va ichki qon ketishlar kuzatila boshlaydi.

Laborotoriya tashxis natijalari qondagi oqsil va trombositlarning kamayib, buyrak fermentlarining oshib ketganini ko`rsatadi.

Davolash

Bemorga Ebola tashxisi qo`yilganidan so`ng, unga kasallikka qarshi vaksina qilinishi, atrofdagilardan alohida honada saqlanishi, domiy nazoratda bo`lishi shart.

Kasallangan kishilar bilan jismoniy muloqot qilish mumkin emas, bu xavfli! Bemorlarni parvarishlar vaqtida ham rezina qo`lqop kiyilishi va mahsus gigienik kiyim kiyilishi, parvarishdan so`ng qo`llarni mahsus qoidaga ko`ra yuvish talab etiladi.

Shu bilan birga har bir fuqaro gigiena qoidalariga amal qilish va kasallik haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lishi lozim.

Hayvonlar bilan rezina qo`lqop yoki boshqa biror vositadan foydalangan holda munosabatga bo`lish lozim.

Ebolaga qarshi vaksina bormi?

Ebola virusiga qarshi davo chorasi mavjud emas. Shu kungacha AQShda ishlab chiqarilgan Zmapp nomli dori vositasi bemorlarda qo`llab ko`rilgan. Biroq ushbu dori vositasi ham virus bilan kasallangan bemorlarning hayotini saqlab qola olmadi. Ayni damda laboratoriyalarda bir qator dori vositalarini sinash ishlari olib borilayapti. Ularning birortasi xali ham sertifikat ololganicha yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1